Tadbirlar

Baliqchi tuman XTB

Bugun Baliqchi tumani 16 - umumiy o`rta ta`lim maktabida " Birinchi qo`ng`iroq" tadbiri bo`lib o`tdi. Tadbirda Tuman XTB vakili Jalolov A, Yurtobod MFY raisi Yigitov.T, Baliqchi tuman IIB noziri Xonkeldiyev.I, mehnat faxriylari, ota - onalar, 47 nafar pedagogik jamoa, 498 nafar maktab o`quvchilari ishtirok etdi. Tadbirda 55 nafar birinchi sinf o`quvchilarga prezident sovg`asi topshirildi........

Baliqchi tuman XTB

2019 yil 1 - sentabr kuni Turkiyaning Anqara shaxrida bo`lib o`tgan " Mental arifmetika " bo`yicha o`tkazilgan musoboqada 10 ta davlatlardan 300 ga yaqin ishtirokchilar ichidan Andijon viloyati Baliqchi tumani 16 - umumiy o`rta ta`lim maktabi 3 - sinf o`quvchisi Akramov Akbarmirzo faxrli 20 - o`rinni qo`lga kiritdi. Hozirda u O`zbekistonga qaytmoqda.....

Baliqchi tuman XTB

Andijon viloyati Baliqchi tumani 16 - umumiy o`rta ta`lim maktabida xar kuni ertalab soat 7 : 30 da "Ertalabki badantarbiya" mashg`ulotlari bo`lib o`tmoqda. Bu bilan bolalarni sog`lomlashtirish ishlari yo`lga qo`yilmoqda. Ertalabki badan tarbiya mashqlari musiqa bilan birgalikda o`quvchilar kayfiyatini ko`tarib, ularni darslarga bo`lgan qiziqishlarini yana ham oshirmoqda..................

Baliqchi tuman XTB

Baliqchi tmani 16 - umumiy o`rta ta`lim maktabining faxrli o`quvchisi Akramov Akbarmirzo Akmaljon o`g`li 7.09.2019 yil kuni Turkiyaning Anqara shaxridan ona qishlog`imizga qaytdi. O`quvchimizning qadrdon maktabimizda sinfdosh o`rtoqlari, maktabdosh aka - ukalari, ustozlari faxr xissi bilan kutib oldilar. O`quvchilar Akbarmirzoni tanlovda qatnashib, qadrdon maktabiga eson - omon qaytgani bilan qizg`in qutladilar. Akbarmirzo safar tasurotlari, tanlovda ishtiroki, o`zga yurtda yurganda ona yurtini sog`ingani to`g`risida fikrlari bilan maktabdoshlari bilan o`rtoqlashdi......

Baliqchi tuman XTB

Baliqchi tumani 16 - umumiy o`rta ta`lim maktabida sentabr oyida jadval asosida Geografiya va iqtisod fan oyligi o`tkazilmoqda. Fan oyligi yuzasidan belgilangan tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. 9 sentabr kuni fan oyligi doirasida 5-9 - sinf o`quvchilari o`rtasida kirish testlari zo`r uyushqoqlik bilan o`tkazildi, monitoring tahlillari olib borilmoqda.....

Baliqchi tuman XTB

Baliqchi tumani 16 - umumiy o`rta ta`lim maktabida sinflar kesimida ota - onalar yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda ma`naviy - ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Zulhumor Malikova so`zga chiqib, ota - onalarga o`quvchilar qoidalari haqida tushuntirish olib bordi.

Baliqchi tuman XTB

Baliqchi tumani 16 - umumiy o`rta ta`lim maktabi psixologi Turg`unov Bobomurod maktabning 7 - sinf o`quvchilari bilan "Otam, onam va oilam" mavzusida trening mashg`ulotlarini o`tkazdi. Mashg`ulot davomida o`quvchilar ota - onaga hurmat, ular oldidagi burchlari, oila a`zolari bilan munosabatlarida o`zlaridagi mavjud muammolari bilan o`rtoqlashdilar. Maktab psixologida kerakli tavsiyalarga ega bo`ldilar . . .

Baliqchi tuman XTB

Bugun Baliqchi tumani 16 - umumiy o`rta ta`lim maktabida maktab yoshlar ittifoqining yo`nalishlar bo`yicha sardorlar saylovi bo`lib o`tdi. Yoshlar ittifoq a`zolari yo`nalishlarga o`zlarining munosib nomzodlarini ko`rsatdilar. Saylov oshkora, xolisolona bo`lib o`tdi. Saylovdan so`ng maktab yoshlar yetakchisi Normatova Dilnoza sardorlar bilan yig`ilish o`tkazib, yangi o`quv yilidagi ustuvor vazifalar to`g`risida fikrlashib, kengashib oldilar.....

Baliqchi tuman XTB

Baliqchi tumani 16 - umumiy o`rta ta`lim maktabida 1 - oktabr o`qituvchi va murabbiylar bayrami ko`tarinki ruhda o`tkazildi. Ertalabdan bayram shukuhi bilan o`quvchilar o`z ustozlarini qo`llarida gul, tillarida shirin kalom bilan mehr - muhabbat ila qarshi oldilar. . . ..

Baliqchi tuman XTB

Baliqchi tumani 16 - umumiy o`rta ta`lim maktabida 1 - oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuniga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda maktabimizning o`quvchi yoshlari o`qituvchilarni o`z chiqishlari bilan muborakbod etib, bundan keyingi ishlarida muvaffaqiyat, zafarlar tiladilar. Tadbir ko`tarinki ruhada bo`lib o`tdi.....

Baliqchi tuman XTB

Baliqchi tumani 16 - umumiy o`rta ta`lim maktabida 1 - oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan bir qancha tadbirlar bo`lib o`tdi. Jumladan, maktab o`quvchilari maktabda uzoq yillar ishlagan faxriy ustozlarni bayram munosabati bilan yo`qladilar. Faxriylar bu e‘tibordan bexad xursand bo`ldilar.

Baliqchi tuman XTB

1 - oktabr ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan maktabning sobiq direktori, sobiq ustoz Bozarov Akramjonni shu maktabning 10 sinf o`quvchilari bayram bilan qizg`in muborakbod etdilar. Ustozlarga atalgan she‘r va qo`shiqlarini o`quvchilar aytib ustozni hursand etdilar...

Baliqchi tuman XTB

Baliqchi tumani 16 - umumiy o`rta ta`lim maktabida 11 - oktyabr " Butun jahon bo`yicha qizlar kuni" munosabati bilan QIZLARJON nomli tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda maktabimizning direktori Sharofiddin Oltiboyev o`z so`zi bilan chiqib, o`quvchi qizlarni bayram bilan qizg`in muborakbod etdi. Shundan so`ng o`g`il bolalar ham birin ketin sinfdosh qizlarini bayram bilab tabrikladilar....

Baliqchi tuman XTB

Baliqchi tumani 16 - umumiy o`rta ta`lim maktabida O`zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 30 yilligiga bag`ishlangan " Ona tilim qalbim quyoshi " mavzusida tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda maktab direktori Sh.Oltiboyev, O`TIBDO` Y.Mahmudova; MMIBDO` Z.Malikova, ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilari qatnashdi. Tadbirda ona tilimizga bag`iahlangan she‘r, qo`shiq, raqs va sahna ko`rinishlari o`quvchilar tomonidan maromiga yetkazib sahnalashtirildi. Tadbir na`munali tashkil qilindi....

Baliqchi tuman XTB

Baliqchi tumani 16 - umumiy o`rta ta`lim maktabida O`zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 30 yilligiga bag`ishlangan 21 oktyabr kuni Jo`raboyeva Gulhumor tomonidan " Tariximsan, kelajagimsan ona tilim mavzusida tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda maktab direktori maktab rahbarlari, ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilari qatnashdi. Tadbirda ona tilimizga bag`ishlangan she‘r, qo`shiq, raqs va sahna ko`rinishlari o`quvchilar tomonidan maromiga yetkazib sahnalashtirildi. Tadbir na`munali tashkil qilindi....

Baliqchi tuman XTB

Baliqchi tumani 16 - umumiy o`rta ta`lim maktabida "Ona tilim - millat ruhi" mavzusida targ`ibot tadbiri bo`lib o`tdi. Targ`ibot tadbirida turli kasb egalari bilan ona tili va uning nufuzi, 21- oktyabr qanday kun ekanligi haqida savol - javoblar o`tkazikdi. O`quvchilar tomonidan O`zbek tiliga davlat maqomi berilganligiga 30 yil to`lishi munosabati bilan tabriknomalar tarqatildi.

Baliqchi tuman XTB

Bugun Olimbek hududida joylashgan 6 - umumiy o`rta ta`lim maktabida Olimbek hududida joylashgan 6, 16, 47, 20, 53, 10, 15, 52, 11 maktablarning 9 sinf o`quvchilari o`rtasida olimpiadaga start berildi. Olimpiada boshlanishidan oldin rahbarlar tomonidan o`quvchilar va o`qituvchilarga tushuntirish ishlari olib borildi.......

Milliy havolalar

Maktab rikvizitlari

Har qanday savolingizni bizga onlayn tarzda yuborishingiz mumkin.

Manzil

Baliqchi tumani Yurtobod MFY

Telefon nomer

+998932515235

Telegramda

@Ха ёздим

Xabaringiz jo'natildi. Biz siz bilan tez orada bog'lanamiz!